«havoning ifloslanishi» tegli maqolalar


Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent
15 mart 2024, 10:40

Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent

Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.

Ekopartiya hukumat va bosh prokurorga “Toshkent IES”ning atmosferaga chiqarayotgan tashlanmalari yuzasidan deputat so‘rovi yubordi
23 fevral 2024, 16:37

Ekopartiya hukumat va bosh prokurorga “Toshkent IES”ning atmosferaga chiqarayotgan tashlanmalari yuzasidan deputat so‘rovi yubordi

Prokuratura vakillari, deputatlar va ekologlardan iborat ishchi guruh “Toshkent IES”ga borib, stansiya quvurlariga filtrlar o‘rnatish va boshqalarni tavsiya qildi. Ekopartiya Energetika vazirligini bu choralarni ko‘rishga chaqirib, hukumat va Bosh prokuraturaga stansiya tashlanmalari bo‘yicha deputat so‘rovi yubordi.

“Toshkent IES” havo va tuproqni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi (+foto, video)
2 fevral 2024, 18:24

“Toshkent IES” havo va tuproqni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi (+foto, video)

Yanvar oyida ekologlar Toshkent issiqlik elektr stansiyasi (ToshGRES)ning havo va tuproqqa ta’sirini o‘rgandi. Aniqlangan zarar 1 mlrd so‘mga baholanmoqda, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi. IES asosiy yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanadi, lekin ba’zida mazut yoqadi, shuning uchun poytaxtni tutun qoplagan.

Prezident — havo ifloslanishi, ekologik reyting va Toshkent bo‘ylab “yashil belbog‘lar” yaratish haqida
29 yanvar 2024, 15:56

Prezident — havo ifloslanishi, ekologik reyting va Toshkent bo‘ylab “yashil belbog‘lar” yaratish haqida

Prezident ekologik muammolarga to‘xtalib, Toshkent shahrida chiqindi gazlar miqdori yuqoriligini ta’kidladi. Hududlarning ekologik reytingini joriy etish, korxona, sement zavodlarida chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, poytaxt atrofida “yashil belbog‘” yaratish va boshqa ko‘rsatmalar berildi.

Toshkentda havo sifati qanday yaxshilanadi? Ekologiya vazirligi — shoshilinch choralar loyihasi haqida
23 yanvar 2024, 15:22

Toshkentda havo sifati qanday yaxshilanadi? Ekologiya vazirligi — shoshilinch choralar loyihasi haqida

Ekologiya vazirligi “Gazeta.uz”ga Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar loyihasi haqida ma’lumot berdi. Issiqxona hamda zavodlarda chang-gaz filtrlarini o‘rnatish, Ai-80, IESlarda ko‘mir hamda mazutdan foydalanishni taqiqlash va boshqalar shular jumlasidandir.

O‘zbekistonda havo sifati bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqiladi
23 yanvar 2024, 09:04

O‘zbekistonda havo sifati bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda havo sifatiga oid milliy standartlar ishlab chiqiladi. JSST tavsiyalariga geografik va iqlimiy xususiyatlar tufayli erishish qiyin, hech bir mamlakatdagi ko‘rsatkichlar JSST standartiga muvofiq emas, deya ta’kidladi Ekologiya vazirligi. Havo bilan bog‘liq kasalliklar bo‘yicha ham o‘rganishlar boshlandi.

Atrof-muhitni haddan tashqari ifloslantiruvchi korxonalarning faoliyati cheklanadi
21 yanvar 2024, 10:42

Atrof-muhitni haddan tashqari ifloslantiruvchi korxonalarning faoliyati cheklanadi

Senatorlar atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini cheklash va to‘xtatib turish shartlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting